Logo

O'zbekiston va Germaniya parlamentlararo aloqalari rivojlanmoqda

Sentabr 20, 2025. 13:32 • 31 soniya

152
O'zbekiston va Germaniya parlamentlararo aloqalari rivojlanmoqda

BERLIN, 20-sentyabr. /"DunyoAA/. O'zbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya parlamenti – Bundestagning Tashqi ishlar qo'mitasi raisi Armin Lashet bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida O'zbekiston va Germaniya o'rtasida parlamentlararo aloqalar izchil rivojlanib borayotgani ta'kidlandi. Ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari muloqotini yanada kengaytirish va mazkur jarayonda parlamentlardagi do'stlik guruhlari faoliyatiga alohida e'tibor qaratildi.


Rejalashtirilgan qator parlament delegatsiyalari almashinuvi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni rivojlanishiga hissa qo'shishi qayd etildi.


Muloqot yakunida qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish