BAA O'zbekistondan gilam to'quvchi hunarmand-ustalarni hunar o'rgatishga taklif qilmoqda
Sentabr 18, 2025. 12:54 • 52 soniya
• 320
DUBAY, 18-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston bosh konsuli Kamol Ikromov "Fotima bint Moxammed bin Zayed" fondi ijrochi direktori Mayvand Jabarkhli bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot chog'ida O'zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan islohotlar, respublikamizdagi investitsiya muhiti va xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'zlab berildi.
O'zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida loyihalarni amalga oshirishga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, turizm sohasida hamda tadbirkorlik faoliyatiga oid me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish yo'nalishidagi vazifalarga to'xtalib o'tildi.
Fond ijrochi direktori Mayvand Jabarkhli O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar alohida strategik sheriklik darajasiga ko'tarilganini qayd etdi. U o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo'shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston xalqaro aeroporti hududida joylashgan "Duty Free"da savdo rastalarini tashkil qilish taklifini bildirdi. Shuningdek, o'zbekistonlik gilam to'quvchi hunarmand ayollarni tajriba almashish va kasbiy ta'lim berish uchun BAAga safarini uyushtirish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida, bildirilgan takliflarni amaliy ijrosini ta'minlash maqsadida muloqotni davom ettirish yuzasidan ahdlashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi