Logo

O'zbekistonning yangi elchisi Kuvaytga tashrif buyurdi

Fevral 06, 2024. 07:18 • 38 soniya

2962
O'zbekistonning yangi elchisi Kuvaytga tashrif buyurdi

AL-KUVAYT, 6-fevral. /«Dunyo» AA/. Bugun O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Ayubxon Yunusov Kuvayt poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.



Kuvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, «Al-Azhar» universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Xalqaro huquq, islomshunoslik, arab filologiyasi singari mutaxassisliklarga ega. Yuridik fanlar nomzodi.

2003-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida turli lavozimlarda, jumladan, markaziy apparatda, Saudiya Arabistonidagi elchixonada, Jidda shahri va Dubay Emiratidagi (BAA) Bosh konsulliklarda ishlagan.

Arab, rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

Ayubxon Yunusov 2016-2022-yillarda mamlakatimizning Kuvaytdagi elchisi bo'lib ishlagan Bahromjon Aloyev o'rniga tayinlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish