Logo

Yaponiya parlamentining O'zbekiston bilan do'stlik ligasi raisi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Oktabr 13, 2025. 17:23 • 31 soniya

117
Yaponiya parlamentining O'zbekiston bilan do'stlik ligasi raisi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi

TOKIO, 13-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentining O'zbekiston bilan do'stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida Taro Aso O'zbekiston Yaponiya uchun muhim strategik hamkor davlat ekanligi qayd etdi. "O'zbekiston Prezidentining 2019 yilda Yaponiyaga amalga oshirgan ilk rasmiy tashrifi yakunlari so'nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko'tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda", dedi u.

 Tomonlar O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnik, ta'lim, turizm va boshqa yo'nalishlarda hamkorlikni yana-da kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish