O‘zbekiston elchisi ICCROM bosh direktori bilan uchrashdi

May 22, 2026. 15:25 • 2 daq

126
O‘zbekiston elchisi ICCROM bosh direktori bilan uchrashdi

RIM, 22-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Abat Fayzullayev Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish masalalarini o‘rganish xalqaro markazi (ICCROM) bosh direktori Aruna Francheska Mariya Gujral bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Markaz rahbari O‘zbekistonning 2024-yilda ICCROMga aʼzo bo‘lganidan mamnunligini bildirib, mamlakatimiz bilan o‘zaro anglashuv memorandumi qisqa muddatda imzolanganini alohida taʼkidladi.

Aruna Gujralning so‘zlariga ko‘ra, bu respublikada madaniy meros sohasiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidan dalolat beradi.

Uchrashuv davomida Samarqand viloyatida ICCROM tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar, tashkilotning O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi bilan yaqin hamkorligi haqida maʼlumot berildi.

Aruna Gujral mamlakatimizning boy madaniy merosi jahon hamjamiyati uchun alohida ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, shu yili O‘zbekistonga tashrif buyurishidan mamnunligini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish