O‘zbekiston va BAA o‘rtasida sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

May 24, 2026. 10:25 • 2 daq

425
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik rivojlanmoqda

ABU-DABI, 24-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Umid Shodiyev BAA Sunʼiy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofaviy ishchi ilovalar vaziri Omar Sulton al-Ulama bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida ikki mamlakat o‘rtasida raqamli transformatsiya va yuqori texnologiyalar yo‘nalishida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning ustuvor masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida amirliklar vakiliga O‘zbekistonda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muzokaralarning muhim bandi sifatida “Yangi Toshkent” strategik loyihasi doirasidagi sheriklik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Mazkur “aqlli shahar” konsepsiyasi asosida zamonaviy maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarini (data-markazlar) tashkil etish hamda shahar boshqaruvi va logistika tizimiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini chuqur integratsiya qilish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish