Minskda “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Oktabr 01, 2026. 13:00 • 2 daq

• 119
Minskda “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

MINSK, 1-oktabr. /“Dunyo” AA/. Belarusning yetakchi OAV vakillari uchun O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 8–9-iyul kunlari Minskka rasmiy tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, brifingda “Минск-Новости”, “Минской правды”, “Беларусь Сегодня”, “БелТА”, “МИР”, “СТВ”, “Столица” kabi yetakchi OAV vakillari ishtirok etdi.

Jurnalistlar tashrif doirasida O‘zbekiston–Belarus o‘rtasida amalga oshirilgan asosiy kelishuvlar, strategik sheriklik yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv davomida Oliy Majlis Senati a’zosi, siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu nashrda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishi haqida fikrlar yuritilgani ta’kidlandi.

Belarus vakillari ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar faollashgani hamda hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbir yakunida axborot almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy voqealarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish