Logo

Samarqandda oliy taʼlim vazirlari va rektorlar kongressiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Aprel 09, 2026. 19:19 • 2 daq

89
Samarqandda oliy taʼlim vazirlari va rektorlar kongressiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

VARSHAVA, 10-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi vakillari “Perspektywy” taʼlim jamg‘armasi asoschisi Valdemar Sivinskiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqotning asosiy mavzusi shu yil 13–14-aprel kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi oliy taʼlim vazirlari uchrashuvi hamda texnologiya va tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha rektorlar kongressiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bo‘ldi.

Valdemar Sivinskiy ushbu nufuzli tadbirlarning ahamiyatiga to‘xtalar ekan, Samarqand anjumanlari Yevropa Ittifoqi va Polsha ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini maʼlum qildi. Xususan, tadbir davomida tezkor va tahliliy maʼlumotlarni tarqatish maqsadida Polsha axborot agentligi (PAP) xodimi ham delegatsiya tarkibiga kiritilgan.

Taʼkidlanganidek, bu kabi xalqaro miqyosdagi tadbirlar O‘zbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib qilish, Markaziy Osiyo va Yevropa oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish