Logo

Budapeshtda “Toshkent parki”ni barpo etish rejasi muhokama qilindi

Aprel 29, 2026. 18:55 • 2 daq

67
Budapeshtda “Toshkent parki”ni barpo etish rejasi muhokama qilindi

BUDAPESHT, 30-aprel. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi diplomatlari Budapesht shahrining 2-tumani meri Gergey Ershi bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot jarayonida ishtirokchilar Yakkasaroy tumani bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Xususan, suhbat davomida Vengriya tomoni 2026-yil sentyabr oyida Yakkasaroy tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi. Shu munosabat bilan tashrif sanalarini belgilash va rasmiy taklifnoma yuborish uchun Yakkasaroy tumani hokimligi takliflari so‘raldi.

Tashrif davomida hokimlar darajasida uchrashuv o‘tkazish va birodar shaharlar to‘g‘risida memorandum imzolash taklif etildi. Elchixona tomonidan tayyorlangan memorandum loyihasi vengr tomoniga taqdim qilindi.

Shuningdek, Gergey Ershi 2026-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Birodar shaharlar xalqaro forumida ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganini qayd etdi.

Budapesht shahridagi Varoshmayor parki hududida “Toshkent parki”ni tashkil etish uchun alohida yer maydoni ajratishga tayyorlik ko‘rish bo‘yicha fikr almashildi. Ushbu hududda “Toshkent parki”ni barpo etish va o‘zbekistonlik tarixiy shaxslar haykallarini o‘rnatish imkoniyati ham ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish