O‘zbekiston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari Samarqandda “Artemida” bitimlarini imzoladi

Oktabr 19, 2026. 13:00 • 58 soniya

• 170
O‘zbekiston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari Samarqandda “Artemida” bitimlarini imzoladi

TOSHKЕNT, 19-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio bugun Samarqandda “Artemida bitimi”ni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan Oy, Mars, kometalar va asteroidlardan tinchlik maqsadlarida foydalanish hamda ularni tadqiq etish bo‘yicha hamkorlik tamoyillarini belgilovchi Artemida bitimlarini imzoladik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Mazkur hujjat O‘zbekistonning NASA va boshqa ishtirokchi davlatlar kosmik agentliklari bilan hamkorligini kengaytirish, milliy kadrlarni tayyorlash hamda kosmik texnologiyalar transferi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekiston Artemida bitimlarini imzolagan 77-davlat bo‘ldi”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish