Samarqandda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida kengaytirilgan strategik sheriklik bo‘yicha muloqotning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Oktabr 19, 2026. 12:30 • 2 daq
• 159
TOSHKЕNT, 19-oktabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio bugun Samarqandda kengaytirilgan strategik sheriklik bo‘yicha muloqotning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Bugun Samarqandda hamkasbim, AQSh Davlat kotibi janob Marko Rubio bilan O‘zbekiston–AQSh Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdik, – deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘zining telegram-kanalida. – Ushbu mexanizm ishga tushirilishi O‘zbekiston–AQSh munosabatlarini izchil rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Mamlakatlarimiz rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish, savdo va investitsiyalarni kengaytirish, energetika, muhim minerallar hamda ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashdik. Ta’lim, madaniy-gumanitar aloqalar va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratdik.
Ishonamizki, mazkur muloqot o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni ilgari surish va strategik sherikligimiz doirasida yangi tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga mustahkam asos yaratadi”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi