Ashxobodda O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari taqdim etildi

Avgust 26, 2026. 15:00 • 1 daq

150
Ashxobodda O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari taqdim etildi
Ashxobodda O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari taqdim etildi
Ashxobodda O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari taqdim etildi
Ashxobodda O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari taqdim etildi

ASHXOBOD, 26-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari Ashxobod shahrida o‘tkazilgan “Kids Expo 2026” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Savdo-sanoat palatasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, mamlakatimiz yetakchi ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalari vakillari o‘rin oldi.

Ko‘rgazma doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, o‘zaro savdo hajmini oshirish, O‘zbekistonning maishiy va elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari hamda mebel mahsulotlarini Turkmaniston bozoriga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yangi distribyutorlik tarmoqlarini shakllantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.

B2B formatidagi muzokaralarda eksport va mahsulot yetkazib berish, savdo operatsiyalarini kengaytirish hamda uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv davomida Xorazm viloyati tadbirkorlari va Turkmaniston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama memorandum ham imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish