O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Ispaniya va Yevropa bozorlariga eksport qilish masalasi muhokama qilindi

Sentabr 18, 2026. 08:10 • 2 daq

245
O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Ispaniya va Yevropa bozorlariga eksport qilish masalasi muhokama qilindi

MADRID, 18-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini Ispaniya va Yevropa bozorlariga eksport qilishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn biznes-muloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat jarayonida Ispaniyaning “Ayecotex S.L.” kompaniyasi rahbari, soha ekspertlari hamda O‘zbekistonning yetakchi to‘qimachilik korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Muloqotda xususiy brendlar va davlat muassasalari uchun mahsulot yetkazib berish, maxsus to‘qimachilik materiallari ishlab chiqarish, yirik chakana savdo tarmoqlari hamda Ispaniya brendlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Yevropa xaridorlari uchun mahsulot sifati, raqobatbardosh narx, logistika va to‘lov shartlari asosiy mezonlar ekani qayd etildi.

Madrid shahrida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining ulgurji savdo zali va shourumini tashkil etish taklifi ilgari surildi. Ushbu maydon o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini ispan xaridorlariga tanishtirish va milliy brendlarni Yevropa bozorida ilgari surishga xizmat qilishi mumkin.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning aniq yo‘nalishlari, masʼul ishtirokchilar va amalga oshirish muddatlarini belgilaydigan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Ispaniya tomoni o‘zbek ishlab chiqaruvchilarini ispan kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash, jumladan, O‘zbekiston korxonalariga buyurtmalar joylashtirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish