“Izvestiya” gazetasi: Jahonda Markaziy Osiyoga qiziqish keskin ortmoqda
Sentabr 20, 2026. 17:00 • 2 daq
• 86
MOSKVA, 20-sentabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning “Izvestiya” eng qadimgi kundalik gazetasida “Talashdagi mintaqa: dunyoda nima uchun Markaziy Osiyoga qiziqish keskin ortdi” sarlavhali maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada yaqinda Seulda bo‘lib o‘tgan “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” birinchi sammiti haqida so‘z yuritiladi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va Janubiy Koreya yetakchilari Sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishini mustahkamlovchi Seul deklaratsiyasini imzoladilar.
Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston Seul bilan munosabatlar maqomini har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tardi. O‘zbekiston va Turkmaniston, o‘z navbatida, transport, aviatsiya va investitsiyalarni himoya qilish sohalarida qator bitimlar tuzdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar tabiiy resurslarni, jumladan, kamyob yer metallarini Koreya texnologiyalariga almashish bo‘yicha ham kelishib oldilar. Shu bilan birga, Koreya Respublikasi Yevropa va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish uchun transport koridorlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“Izvestiya” gazetasi so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining 2023-yilda Sian shahrida Xitoy bilan, “5+1” formatida AQSh bilan, shuningdek, Yevropa Ittifoqi bilan birinchi sammitlari, Italiya, Germaniya, Fransiya va Yaponiya yetakchilari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tganini qayd etadi. Rossiya ham ShHT, YOII va o‘z “5+1” formatlari orqali yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi