O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari ilk bor Suriyaga eksport qilindi

Avgust 17, 2026. 19:30 • 2 daq

109
O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari ilk bor Suriyaga eksport qilindi
O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari ilk bor Suriyaga eksport qilindi
O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari ilk bor Suriyaga eksport qilindi
O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari ilk bor Suriyaga eksport qilindi

HALAB, 17-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, yurtimizdan Halab shahriga mahalliy elektrotexnika vositalarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari mavjud. Mazkur sheriklik aloqalarini rivojlantirish maqsadida joriy yilning iyun oyida elchixona tomonidan Suriyaning “Kalash Trading” kompaniyasi rahbari Ahmad Kalashning Toshkent shahriga tashrifi tashkil etildi.

O‘tkazilgan muzokaralarda Toshkent viloyatidagi “Premier Electrotech” qo‘shma korxonasi va Suriya kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan eksport shartnomasi imzolandi.

Ikki tomonlama kelishuv doirasida iyul oyida “Premier” brendi ostida ishlab chiqarilgan konditsioner, muzlatgich va kir yuvish mashinalaridan iborat ilk partiya yuk avtomobillarida Suriyaning Halab shahriga muvaffaqiyatli yetkazib berildi.

Eʼtiborlisi, ushbu eksport yuklari Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon va Turkiya hududlari orqali o‘tuvchi muqobil tranzit koridori bo‘ylab 20 kun muddatda o‘z manziliga yetib bordi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish