Kuvayt bozorlariga o‘zbek mahsulotlari eksporti oshiriladi
Dekabr 17, 2025. 10:48 • 2 daq
• 215AL-KUVAYT, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kuvaytdagi “Sultan Center” gipermarketida “Uzbek Food Festival” tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Sultan Center” Quvayt va mintaqadagi yetakchi supermarketlar tarmog‘idan biri bo‘lib, 1981 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda kompaniya Kuvayt, Iordaniya, O‘mon va Bahrayn davlatlarida 70 dan ortiq savdo nuqtalariga ega bo‘lib, millionlab xaridorlarga xizmat ko‘rsatadi. 2024 yilda kompaniyaning yillik daromadi 600 million dollardan oshgan.
Kuvaytda o‘tkazilgan “Uzbek Food Festival” tadbirida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi, o‘zbek tadbirkorlari, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hokimi o‘rinbosarlari hamda Baxmal tumani hokimi ishtirok etdi.
Kuvayt tomonidan “Sultan Center” gipermarketi va “Majdi Food” kompaniyasining ijrochi direktorlari qatnashdi.
Festival doirasida 20 nafardan ortiq yirik o‘zbek eksportyorlari 200 turdan ziyod mahsulotlar – qayta ishlangan go‘sht, ho‘l va quritilgan mevalar, ziravorlar, qandolat, oziq-ovqat konsentratlarini taqdim etdi.
Tadbir davomida “Sultan Center” gipermarketi orqali o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha chakana savdo buyurtmalari qabul qilindi.
Shuningdek, “Majdi Food” va “Sultan Center” rahbariyati bilan O‘zbekiston mahsulotlarini Kuvayt bozoriga chiqarish masalalari muhokama qilindi. “City HyperMarket” savdo tarmog‘i bilan 2026 yilda navbatdagi “Uzbek Food Festival”ni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, “UVARO” kompaniyasi bilan Kuvaytda “O‘zbekiston milliy mahsulotlari savdo do‘koni”ni ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ushbu festivalning tashkil etilgani O‘zbekistonning agrar salohiyati va eksport imkoniyatlarini keng jahon bozoriga ko‘rsatish yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi


