Logo

Riga va Vilnyus shaharlarida ixtisoslashtirilgan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari shou-rumlari ochildi

Dekabr 12, 2025. 12:53 • 56 soniya

80

RIGA, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston eksport va investitsiya salohiyatini yana-da targ‘ib qilish maqsadida Andijon viloyatining yirik to‘qimachilik korxonalari rahbarlaridan iborat yurtimiz delegatsiyaning Latviya va Litvaga ishchi tashrifi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida elchixona tomonidan biznes-forum, tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatida ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar tashkil etildi.

Latviya biznes vakillari Andijon viloyati to‘qimachilik sohasi mahsulotlariga katta qiziqish bildirdi. Logistika yo‘nalishlarini optimallashtirish, barqaror yetkazib berishni taʼminlash va o‘zbek mahsulotlarini Baltiqbo‘yi mamlakatlarining yetakchi savdo maydonlariga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar davomida mezbon tomon vakillariga O‘zbekistonning investitsion va sanoat salohiyatining asosiy ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi prezentatsiya materiallari, shuningdek, to‘qimachilik korxonalarining batafsil mahsulot kataloglari taqdim etildi.

Latviyaning Liyepaya va Litvaning Klaypeda port shaharlariga tashrif doirasida delegatsiya vakillari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini G‘arbiy va Shimoliy Yevropaga o‘z vaqtida yetkazib berishni taʼminlash hamda uzluksiz logistika uchun omborxonalar tashkil etish imkoniyatlari o‘rganildi.

Tashrif yakunida Riga shahrining markaziy tumanlarida to‘rtta ixtisoslashtirilgan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari shou-rumi, Vilnyus shahrida esa bitta shou-rum ochilib, taraflar o‘rtasida qiymati 10 million dollardan ortiq eksport shartnomalari imzolandi.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish