2025-yilda O‘zbekistondan Kuvaytga 50 tonnadan ortiq ho‘l va quruq mevalar eksport qilindi
Dekabr 10, 2025. 15:25 • 32 soniya
• 110
AL-KUVAYT, 11-dekabr. /“Dunyo” AA/. Elchixona saʼy-harakati bilan Kuvaytning “Star Fruit Co.” kompaniyasiga O‘zbekistondan navbatdagi 2 tonnaga yaqin ho‘l mevalar eksporti amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
1991-yilda tashkil etilgan “Star Fruit Co.” kompaniyasi meva va sabzavotlarni Kuvaytdagi restoranlar va besh yulduzli mehmonxonalarga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya mijozlarga mahsulotlarning sifat darajasini saqlagan holda muzlatgichli avtomashinalar orqali yetkazib beradi.
O‘zbekistondan ho‘l mevalar – uzum va qovun Kuvaytga Istanbul orqali olib kelinmoqda.
Umuman olganda, 2025-yil boshidan hozirga qadar O‘zbekistondan 50 tonnadan ortiq ho‘l va quruq mevalar, sublimatsiyalangan mevalar Kuvaytga eksport qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi
Daniya bozoriga ilk bor o‘zbek mahsulotlari eksport qilindi