Kuvaytda o‘zbek mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi
Dekabr 17, 2025. 12:53 • 47 soniya
• 91AL-KUVAYT, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kuvayt Savdo-sanoat palatasida “O‘zbekiston–Kuvayt biznes-forumi” hamda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur forum va ko‘rgazmada O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Qishloq xo‘jaligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hokimlari o‘rinbosarlari, Baxmal tumani hokimi hamda 30 nafarga yaqin o‘zbek tadbirkorlari ishtirok etdi.
Kuvayt tomonidan esa 100 nafarga yaqin investor, importyor va biznes doira vakillari qatnashdi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonning investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazilib, mamlakatning turli hududlarida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan sarmoyaviy loyihalar taqdim etildi.
Shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.
“Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning qator kompaniyalari 50 turdan ortiq mahsulotlarni namoyish qildi. Jumladan, meva qoqilari va quruq mevalar, ziravorlar, giyohli dorilar, shafran, asal, holva, tekstil va qandolat mahsulotlariga ishtirokchilar yuqori baho berishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShning eng yirik savdo tarmoqlarida o‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi



