O‘monlik ishbilarmonlar bilan eksport-import masalasida fikr-mulohaza almashildi
Dekabr 07, 2025. 14:33 • 41 soniya
• 150
MASQAT, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. Elchixona tashabbusi bilan o‘zbekistonlik eksportyorlar va O‘mon yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri –“Lulu Hypermarket” vakillari o‘rtasida onlayn-uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizdan O‘monga eksport hajmini oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan spirtsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi “Family Group”, snek mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Ermak”, gigiyena buyumlar tayyorlovchi “Lufaluxe”, konservalangan taom va go‘sht ozuqalari ishlab chiqaruvchi “Fadl Company”, quritilgan mevalar eksporti bilan shug‘ullanuvchi “Lord Fruits Company”, ho‘l meva eksporteri “Toshkent Gulf Business” shirkati hamda “TLS-KEBZU” logistika shirkati vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistonlik ishbilarmonlar o‘zi ishlab chiqayotgan va eksport qilayotgan mahsulotlari haqida taqdimot o‘tkazdi. Logistika kompaniyasi O‘zbekistondan O‘mongacha bo‘lgan logistika va uning xarajatlari borasida atroflicha maʼlumot taqdim etdi.
Tomonlar eksport-import masalalarida fikr-mulohaza almashib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Kuvaytga ilk bor 23 tonna qora mayiz eksport qilindi
Daniya bozoriga ilk bor o‘zbek mahsulotlari eksport qilindi