Endi Byornem Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi
Iyul 20, 2026. 20:20 • 2 daq
• 240
LONDON, 20-iyul. /“Dunyo” AA/. Endi Byornem Bukingem saroyida qirol Karl III bilan uchrashuvdan so‘ng Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “BBC” ma’lumotiga tayanib.
Endi Byornem so‘nggi o‘n yil ichida bu lavozimni egallagan oltinchi siyosatchiga aylandi. U o‘zidan avvalgi bosh vazir Kir Starmer monarxga iste’fo berish uchun saroyga borganidan ko‘p o‘tmay, ushbu lavozimga tayinlovni qabul qildi.
Hukumat rahbari sifatidagi ilk nutqida Endi Byornem Buyuk Britaniya uchun mulohaza va qat’iyat vaqti kelganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat mavjud muammolarni xolis baholab, barqarorroq va mas’uliyatli siyosatga o‘tishi zarur.
Yangi Bosh vazir hukumat rahbarlarining tez-tez almashayotgani muhimligi va fuqarolarning kelajakka bo‘lgan ishonchini qaytarish lozimligini qayd etdi. U 2024-yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Leyboristlar partiyasiga ishonchni tiklash va siyosiy barqarorlik odamlarning kundalik hayotida o‘z aksini topishiga erishish niyatida ekanligini bildirdi.
Yangi hukumat oldidagi asosiy vazifalardan biri iqtisodiyot bo‘ladi. Endi Byornem turmush darajasi inqirozi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar taqdim etishga, bir yil ichida mamlakatni rivojlantirishning o‘n yillik rejasini tayyorlashga va’da bermoqda.
Vakolatlarning bir qismini hududlarga o‘tkazish, biznesni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy va munitsipal uy-joylar qurilishini oshirish hamda uysizlikka qarshi kurashish uning asosiy ustuvor yo‘nalishlari sirasiga kiradi. U, Buyuk Britaniyaning mudofaa sohasidagi majburiyatlarini saqlab qolishga so‘z berdi.
Yangi bosh vazir lavozimiga kirishgach, Vazirlar mahkamasini shakllantirishni boshlaydi. Uning jamoasi hozircha bo‘lajak tayinlovlar bo‘yicha to‘liq ro‘yxatni oshkor etmayapti, ammo yaqin vaqt ichida hukumat tarkibida kadrlar o‘zgarishi kutilmoqda.
“The Guardian” surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi