Mustaqillik yillarida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari soni qariyb 4,6 baravarga oshdi

Iyul 21, 2026. 10:00 • 2 daq

163
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari soni qariyb 4,6 baravarga oshdi

TOSHKENT, 21-iyul. /“Dunyo” AA/. 2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 million 535 ming nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 1991/1992-o‘quv yilida talabalar soni 337,4 ming kishini tashkil etgan. Mustaqillikning 35 yili davomida ushbu ko‘rsatkich 1 million 197,6 ming kishiga yoki qariyb 4,6 baravarga oshdi.

Hisobot ko‘rsatkichlariga ko‘ra, o‘quv yillari bo‘yicha talabalar sonining dinamikasi quyidagicha namoyon bo‘ladi:

1991/1992 — 337,4 ming kishi;

1995/1996 — 192,1 ming;

2000/2001 — 183,6 ming;

2005/2006 — 278,7 ming;

2010/2011 — 274,5 ming;

2015/2016 — 264,3 ming;

2020/2021 — 571,5 ming;

2021/2022 — 808,4 ming;

2022/2023 — 1 mln 42,1 ming;

2023/2024 — 1 mln 314,5 ming;

2024/2025 — 1 mln 432,8 ming;

2025/2026 — 1 mln 535 ming kishi.

Talabalar sonining ayniqsa yuqori o‘sish surʼatlari 2020-yildan buyon kuzatilmoqda, bu esa mamlakatda oliy taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, oliygohlar soni va taʼlim dasturlarini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aks ettiradi.

Ekspertlarning fikricha, mustaqillik yillarida O‘zbekiston oliy taʼlim tizimi sezilarli darajada rivojlandi. Talabalar kontingentining qariyb besh baravarga ko‘payishi inson kapitalini rivojlantirish, oliy taʼlimning ommabopligini oshirish hamda mamlakat iqtisodiyoti uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha izchil davlat siyosati olib borilayotganidan dalolat beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish