Fransiyalik jurnalistga “Oltin qalam” milliy mukofoti topshirildi
Oktabr 23, 2026. 12:00 • 1 daq
• 159PARIJ, 23-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida fransuz jurnalisti, “Georama” nashriyoti asoschisi va direktori Dide Labushga “Oltin qalam” milliy mukofotini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi doirasida tashkil etildi. Unda fransuz jurnalistlari hamda Sharq tillari va sivilizatsiyalari milliy instituti (INALCO)ning o‘zbek tilini o‘rganayotgan talabalari ishtirok etdi.
Marosim davomida Dide Labush hamda Galina Polonskayagaga O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining faxriy a’zosi guvohnomalari ham topshirildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosi doirasida INALCOning o‘zbek tilini o‘rganayotgan fransiyalik talabalari bilan videointervyular tashkil etildi.
Suhbat chog‘ida yoshlar til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi haqida so‘zlab, O‘zbekiston tarixi, madaniyati va an’analari borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi hamda mamlakatimizga bo‘lgan munosabatlarini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi





