AQSH davlat kotibi Samarqandga tashrif buyuradigan 100 dan ortiq kompaniya delegatsiyasiga boshchilik qiladi

Sentabr 26, 2026. 18:30 • 2 daq

• 217
AQSH davlat kotibi Samarqandga tashrif buyuradigan 100 dan ortiq kompaniya delegatsiyasiga boshchilik qiladi

VASHINGTON, 26-sentabr. /"Dunyo" AA/. AQSH davlat kotibi Marko Rubio oktyabr oyida «C5+1» formatidagi uchrashuvda qatnashish uchun Samarqandga tashrif buyuradigan 100 dan ortiq Amerika kompaniyasidan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Bu haqda AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serjio Gor ma’lum qildi. Muzokaralarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadi.

Asosiy e’tibor mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, energetika xavfsizligi va Markaziy Osiyoning dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma yechimlar topishga qaratiladi.

Davlat kotibi O‘zbekiston rahbariyati va mintaqa mamlakatlaridagi hamkasblari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazib, savdo-sotiqni kengaytirish, xususiy investitsiyalar va iqtisodiy modernizatsiya masalalarini muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Vashingtonda Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarini qabul qilish chog‘ida Marko Rubio 2027-yilda mintaqaga tashrif buyurish niyatida ekanini ma’lum qilgandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish