Misr kompaniyasi Qulquduq aholisiga yangi bolalar maydonchasi sovg‘a qildi
Sentabr 26, 2026. 16:00 • 2 daq
• 104QOHIRA, 26-sentabr. /"Dunyo" AA/. Misr kapitali ishtirokida tashkil etilgan «Copper Mining» kompaniyasi Navoiy viloyatining Uchquduq tumani Qulquduq qishlog‘ida yangi bolalar o‘yin maydonchasini ochdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Qiymati 170 million so‘m bo‘lgan maydoncha kompaniyasi mablag‘lari hisobidan qurildi va O‘zbekiston mustaqilligining-35-yilligiga sovg‘a sifatida aholiga topshirildi.
Ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, kompaniya xodimlari, qishloq aholisi, maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Bolalar uchun viktorina, o‘yin va turli tanlovlar tashkil etildi.
«Copper Mining» kompaniyasi Uchquduq tumanidagi Shimoliy Bo‘kantov mis konida geologiya-qidiruv ishlarini olib bormoqda. Yaqin atrofdagi aholi punktlarida yashovchilarni qo‘llab-quvvatlash kompaniya ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, kompaniya 14–16-sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan «GEOMIN-2026» xalqaro konferensiyasi homiylaridan biri sifatida ishtirok etib, uni o‘tkazish uchun 150 million so‘m mablag‘ yo‘naltirdi.
«Copper Mining» vakillarining ta’kidlashicha, kompaniya kelgusida ham Uchquduq tumanida ijtimoiy loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettiradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

