O‘zbekiston diplomatlari Atiraudagi vatandoshlarga konsullik xizmatlarini ko‘rsatdi
Sentabr 26, 2026. 16:30 • 2 daq
• 84ATIRAU,26-sentabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari Atirau shahrida vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Diplomatlar vatandoshlarni O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan tabriklab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, erishilgan yutuqlar, xorijdagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda Atirauda yashayotgan hamyurtlarimizning murojaatlari ko‘rib chiqilib, zarur konsullik xizmatlari ko‘rsatildi. Fuqarolarga yangi biometrik pasportlar topshirildi, hujjatlarni rasmiylashtirish va konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Sayyor qabul doirasida vatandoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, diplomatlar sog‘lig‘i tufayli imkoniyati cheklangan O‘zbekiston fuqarosining yashash joyiga borib, unga yangi pasport topshirdi.
Tadbir konsullik xizmatlarining qulayligi va tezkorligini ta’minlash, vatandoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari bilan doimiy muloqotni saqlab qolish maqsadida tashkil etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

