Venesuelada zilzila qurbonlari soni 920 nafarga yetdi
Iyun 27, 2026. 14:00 • 55 soniya
• 117
KARAKAS, 27-iyun. /“Dunyo” AA/. Venesuelada kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 920 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri “CNN” telekanaliga tayanib.
Ayni paytda qutqaruvchilar vayronalar ostida tirik qolganlarni qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Zilzilalar oqibatida mamlakat shimolida, jumladan poytaxt Karakas shahrida o‘nlab binolar, shifoxonalar va savdo markazlari vayron bo‘lgan. Jabrlanganlar vaqtinchalik tashkil etilgan tibbiyot muassasalarida davolanmoqda.
Hukumatning yuqori martabali mulozimiga ko‘ra, Venesuelaga yuzlab xorijiy qutqaruvchilar yetib kelgan, mamlakatga qo‘shimcha xalqaro qidiruv-qutqaruv guruhlarining kelishi esa davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Venesuelada sodir bo‘lgan 7.5 magnitudali yer silkinishi mamlakatning so‘nggi yuz yillik tarixida kuzatilgan eng kuchli zilzilalardan biri sifatida qayd etilgan.
“AFP” saytidan olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi