Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi korrupsiya uchun yetti yilga qamaldi
Iyun 26, 2026. 17:30 • 2 daq
• 96
SEUL, 26-iyun. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi korrupsiya, xususan, davlat lavozimlariga tayinlash evaziga pora olgani uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Yonhap” AAga tayanib.
Seul Markaziy okrug sudi Kim Gon Xi oddiy odamlar uchun deyarli imkonsiz bo‘lgan qimmatbaho buyumlarni hech ikkilanmay qabul qilganini taʼkidlab, hukm chiqardi.
Sobiq prezident juftligiga nisbatan korrupsiya ishini tergov qilgan maxsus prokuror Min Chjun Gi boshchiligidagi guruh Kim Gon Xini davlat lavozimlarini qimmatbaho taqinchoqlar va hashamatli buyumlarga almashtirgani uchun 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan edi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq prezident Yun Sok Yolning o‘zi fevral oyida 2024-yilda harbiy holat joriy etilishi bilan bog‘liq isyon ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Keyinroq, iyun oyida Seul sudi uni KXDRni harbiy provokatsiyasi ishi bo‘yicha ham 30 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
“AP” agentligi surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi