BMT: Dunyoda 117 milliondan ortiq inson majburiy ko‘chirilgan shaxslar toifasida qolmoqda

Sentabr 27, 2026. 14:00 • 2 daq

• 273
BMT: Dunyoda 117 milliondan ortiq inson majburiy ko‘chirilgan shaxslar toifasida qolmoqda

NYU-YORK,-27-sentyabr. /»Dunyo» AA/. Yer yuzida 117 milliondan ortiq inson mojarolar, zo‘ravonlik, ta’qiblar va xavfsizlik tahdidlari tufayli o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri BMTning rasmiy yangiliklar xizmatiga tayanib.

Bu haqda BMTning Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Barham Solih Nyu-York shahrida Xavfsizlik Kengashining majlisida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda mojarolar soni muntazam oshib bormoqda, ularning ko‘pchiligi uzoq davom etuvchi tus olmoqda va bu muammolarni bartaraf etish uchun siyosiy yechimlar ko‘pincha topilmayapti.

Barham Solih dastlab vaqtinchalik deb hisoblangan majburiy ko‘chish millionlab insonlar uchun yillar davomida, ba’zi hollarda esa hatto bir necha avlodlar almashishigacha cho‘zilib ketayotganini qayd etdi.

Oliy komissar majburiy ko‘chish muammosi faqatgina gumanitar masala doirasida cheklanib qolmasdan, butun xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solishini alohida ta’kidladi.

«Reuters» agentligi surati

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish