Toshkentda diplomatlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha XX xalqaro turnir g‘oliblari aniqlandi

Sentabr 27, 2026. 16:00 • 2 daq

• 56

TOSHKENT,-27-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati tomonidan tashkil etilgan diplomatlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha XX xalqaro turniri o‘z nihoyasiga yetdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Musobaqada diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Diplomatik servis xizmati vakillaridan iborat 20 ta jamoa ishtirok etdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, faxrli 1-o‘rinni "LUKOIL" jamoasi qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) jamoasi egalladi.

Musobaqaning eng yaxshi to‘purari sifatida Eron jamoasi vakili e’tirof etildi. Shuningdek, TIV jamoasi vakili "Eng yaxshi darvozabon", "LUKOIL" jamoasi a’zosi esa "Eng yaxshi o‘yinchi" deb topildi.

Ta’kidlash joizki, tarixi 1999-yildan boshlanadigan mazkur turnir diplomatik hamjamiyat vakillari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash va norasmiy muloqot uchun an’anaviy maydonga aylanib ulgurdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish