O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasiga tashrif buyurdi

Oktabr 15, 2026. 16:00 • 54 soniya

• 222

TOSHKЕNT, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi majmuasida bo‘lib, yuqori texnologiyalar, xususan, mudofaa sanoati sohasidagi ilg‘or loyihalari bilan tanishdim, – deb yozdi bugun Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Bunday yutuqlar zamirida ko‘p yillik ilmiy izlanishlar, iqtidorli muhandislarning mehnati hamda milliy texnologiyalarni rivojlantirishga kiritilgan investitsiyalar turibdi. Turkiyaning bu boradagi tajribasi O‘zbekiston uchun ham muhim amaliy ahamiyatga ega.

Mutaxassislarimiz o‘rtasida tajriba almashish hamda texnologik loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar borligini ko‘rmoqdaman”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish