Bokuda O‘zbekiston Prezidenti Kambodja Bosh vaziri bilan uchrashdi

Oktabr 15, 2026. 18:50 • 2 daq

• 14
Bokuda O‘zbekiston Prezidenti Kambodja Bosh vaziri bilan uchrashdi

TOSHKЕNT, 15-oktabr. /“Dunyo” AA/. Boku shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Kambodja Qirolligi Bosh vaziri Xun Manet bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tizimli siyosiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, parlamentlararo, madaniy-gumanitar va sayyohlik yo‘nalishlaridagi almashinuvlarni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, jumladan, mamlakatlarning sanoat salohiyatini namoyish etish uchun ko‘rgazmalar o‘tkazish va ishbilarmonlik delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar bu borada savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi asosiy kelishuvlarni ishlab chiqishni jadallashtirishga kelishib oldilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, xususan, BMT, ShHT, ASEAN, Qo‘shilmaslik harakati va boshqa tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish