Yaponiyadagi eng yirik ekranda O‘zbekistonning turizm salohiyati haqidagi videorolik namoyish etilmoqda
Dekabr 17, 2025. 19:36 • 43 soniya
• 185TOKIO, 17-dekabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi arafasida kuniga 2,5 milliondan ortiq kishi harakatlanadigan Tokioning eng mashhur chorrahasida O‘zbekiston haqida maxsus videorolik namoyish etilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Eʼtiborlisi, ushbu monitor Yaponiyadagi eng yirik ekran bo‘lib, uning umumiy hajmi 424 kvadrat metrni tashkil etadi. Videorolikda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati, tabiiy go‘zalliklari, meʼmoriy yodgorliklari, iqtisodiyot va texnologiyalar sohasidagi yutuqlarini ifodalovchi kadrlar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, 18-20-dekabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi hamda “Markaziy Osiyo+Yaponiya” muloqotining oliy darajadagi sammitida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif doirasida Tokio shahrida Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi, parlament rahbariyati, hukumat aʼzolari, siyosiy partiyalar vakillari, yetakchi universitetlar rektorlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Buyuk Britaniya bilan yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston bojxonachilari Jahon bojxona tashkiloti seminarida qatnashdi

