O‘zbekistonlik o‘quvchilar uchun “Ertaknamo Peterburgga sayohat” ekskursiyasi tashkil etildi
Yanvar 07, 2026. 17:05 • 41 soniya
• 667SANKT-PETERBURG, 7-yanvar. /“Dunyo” AA/. “Pulkovo” xalqaro aeroportida mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi vakillari Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi taklifiga binoan O‘zbekistondan kelgan bolalarni kutib oldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Yurtimizdan Rossiyaga tashrif buyurgan o‘quvchilar uchun qishki taʼtil davrida “Ertaknamo Peterburgga sayohat” ekskursiya-taʼlim dasturi tashkil etilgan.
Kutib olish marosimida Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari S.Nekrasov so‘zga chiqdi. U
Rossiya–O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlash muhimligi va ikki davlat o‘rtasida bunday tadbirlarning ahamiyatini alohida taʼkidladi. Rais o‘rinbosari ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga alohida minnatdorlik bildirdi.
Tadbirda turli folklor sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bolalar mehmonxonaga joylashtirilgach, ularga yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.
Uchrashuv jarayoni rus OAV, xususan, “Rossiya” telekanali muxbirlari tomonidan keng yoritildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi



