Logo

Turkiyalik talaba: O‘zbekistonga sayohat qilib, bolalikdagi orzuyim amalga oshdi

Yanvar 08, 2026. 17:03 • 52 soniya

152
Turkiyalik talaba: O‘zbekistonga sayohat qilib, bolalikdagi orzuyim amalga oshdi
Turkiyalik talaba: O‘zbekistonga sayohat qilib, bolalikdagi orzuyim amalga oshdi

ANQARA, 8-yanvar. /“Dunyo” AA/. Turkiyadagi ommabop “Pusula” va “Şark Haber” gazetalarida bir guruh turkiyalik talabalarning yurtimizga amalga oshirgan sayohati haqida maqola eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada mamlakatimizga sayohat qilgan Alparslon nomidagi Mush universiteti talabasi Edanur Yildirimning fikrlari bayon etilgan.

“O‘zbekistonga sayohat qilib, bolalikdagi orzuyim amalga oshdi. Biz O‘zbekistonga borganda u yerdagi odamlar va ularning madaniyati bilan tanishdik. Bu biz uchun ajoyib sayohat bo‘ldi. Kichikligimda chet elga borishni orzu qilardim. Bu mening birinchi marta chet elga chiqishim edi. O‘zbekistonga sayohat menda bir olam taassurot qoldirdi”, deydi Edanur Yildirim.

Gazetada yozilishicha, mazkur universitet qoshida tashkil etilgan “Yoshlar markazi” to‘garaklarining faol qatnashchilariga chet elga chiqish imkoniyati yaratilgan. O‘tgan yili amalga oshirilgan loyihalardan biri – “Ota yurt” O‘zbekistonga tashrif bo‘lgan.

Sayohat doirasida turkiyalik yoshlar mamlakatimizning tarixiy maskanlarini ziyorat qilgan, qadimiy obida va maskanlarini tomosha qilgan, o‘zbek madaniyati bilan yaqindan tanishgan. Mush universiteti vakillari ushbu sayohat tashrifini kelgusida ham uyushtirish va davom ettirishini bildirgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish