O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari va Pokiston elchisi turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tashriflar va tadbirlar rejasini muhokama qildilar
Yanvar 05, 2026. 21:12 • 29 soniya
• 293
TOSHKENT, 5-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev bugun Pokiston elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston–Pokiston strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik holati ko‘rib chiqildi, shuningdek, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Shuningdek, turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tashriflar va tadbirlar jadvaliga alohida eʼtibor qaratildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi