Toshkent yirik sport marafoniga mezbonlik qiladi
Aprel 02, 2026. 19:34 • 2 daq
• 18
KIYEV, 2-aprel. /“Dunyo” AA/. Ukrainaning “Open4business” nashriga ko‘ra, shu yilning 5-aprel kuni O‘zbekiston poytaxtida navbatdagi Toshkent xalqaro marafoni bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, ushbu nufuzli sport tadbiri xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan.
Musobaqalar World Athletics (Xalqaro yengil atletika federatsiyasi) talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Marafon tashkilotchilarining maʼlum qilishicha, joriy yilgi poyga “World Athletics Label Road Race” maqomini olishga yo‘naltirilgan. Bu esa musobaqaning xalqaro standartlarga mos ravishda, yuqori saviyada o‘tkazish va natijalarning jahon miqyosida tan olinishini kafolatlaydi.
Marafon dasturi turli yosh va tayyorgarlik darajasidagi ishtirokchilar uchun quyidagi masofalarni o‘z ichiga oladi:
§ Marafon (42,195 km);
§ Yarim marafon (21,097 km);
§ 10 km va 5 km masofaga yugurish;
§ 2 km (imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus yugurish);
§ 3 km (skandinavcha yurish);
§ Kids Run (bolalar uchun 1 km, 600 m va 400 m masofalar).
Toshkent xalqaro marafoni nafaqat sport musobaqasi, balki Yangi O‘zbekistonning ochiqligi va mehmondo‘stligini namoyish etuvchi o‘ziga xos madaniy tadbirga aylanishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi