O‘zbekiston–Vengriya: turizm va investitsiya sohasida yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi
Aprel 02, 2026. 18:10 • 2 daq
• 89
BUDAPЕSHT, 2-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Vengriyaning “1000 Út” sayyohlik kompaniyasi vakillari bilan hamkorlikda mamlakatning turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tadbirini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov ikki davlat o‘rtasida investitsiya muhitini yaxshilash va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Suhbat jarayonida O‘zbekiston–Vengriya munosabatlarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Strategik sheriklik izchil kengayib borayotgani, iqtisodiyot, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilayotgani qayd etildi.
Taqdimot davomida mehmonlarga O‘zbekiston haqidagi videorolik namoyish etildi. U ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, mamlakatning sayyohlik yo‘nalishlariga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirishga xizmat qildi. Rasmiy qismdan so‘ng mehmonlarga o‘zbek milliy taomlari taklif etildi.
Madaniy dastur O‘zbekiston Madaniyat vazirligi san’atkorlari ishtirokidagi konsert bilan yakunlandi. Ularda milliy folklor va zamonaviy san’at uyg‘unligi yorqin namoyon etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi