Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston–Isroil hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
Yanvar 06, 2026. 16:10 • 52 soniya
• 1456
“Dunyo” AA surati
TOSHKENT, 6-yanvar. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Isroil elchisi Gideon Lustig bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston–Isroil munosabatlarining kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Siyosiy muloqotni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni mustahkamlash, madaniyat, taʼlim va gumanitar yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Markaziy Osiyo•Aprel 02, 2026. 19:41
Toshkent yirik sport marafoniga mezbonlik qiladi
Sport•Aprel 02, 2026. 19:34
O‘zbek va turk olimlari Temuriylar va Usmoniylar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida fikr almashdi
Hamkorlik•Aprel 02, 2026. 19:13
O‘zbekiston–Vengriya: turizm va investitsiya sohasida yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi
Sayyohlik•Aprel 02, 2026. 18:10
Sirdaryo va Xitoyning Tyanszin shahri o‘rtasida yangi investitsion loyihalar amalga oshiriladi
Hamkorlik•Aprel 02, 2026. 17:49
Barchasi