Logo

Dohada O‘zbekiston va Qatar tashqi siyosat idoralari siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

Fevral 17, 2026. 19:46 • 53 soniya

131
Dohada O‘zbekiston va Qatar tashqi siyosat idoralari siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 16-fevral. /“Dunyo” AA/. Kecha Dohada O‘zbekiston va Qatar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining 4-raundi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV xabariga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev va Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy boshchilik qildi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildi. Yuqori darajadagi tashriflar va muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi borasida fikr almashishdi.

Uchrashuv davomida o‘zaro savdoni oshirish, shartnoma-huquqiy bazani kengaytirish va ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, turizm, taʼlim, sog‘liqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi. Strategik hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida ko‘p tomonlama maydonlarda muvofiqlikni kuchaytirish va tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam siyosiy muloqotni davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish