O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari va Ozarbayjon elchisi ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga qaratilgan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqishga kelishib oldilar
Fevral 02, 2026. 22:00 • 34 soniya
• 110
TOSHKENT, 2-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov bugun Ozarbayjon elchisi Guseyn Guliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida, 2025-yil yakunlari bo‘yicha qo‘shma ishlar natijalari sarhisob qilindi hamda joriy yilga mo‘ljallangan asosiy tadbirlar kun tartibi yuzasidan ikki va ko‘p tomonlama formatlarda fikr almashinuvi amalga oshirildi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan yangi amaliy takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin ishchi aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
