O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni elchisi 2026-yilda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar
Fevral 09, 2026. 23:00 • 30 soniya
• 107
TOSHKENT, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev bugun Saudiya Arabistoni elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymed bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish hamda avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
2026-yilda o‘zaro manfaatli bo‘lgan turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
