TIVda TDTning Vengriyadagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Iyun 19, 2026. 10:30 • 2 daq

119
TIVda TDTning Vengriyadagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKЕNT, 19-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT)ning Vengriyadagi vakolatxonasi Ijrochi direktori, TDT huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti Kengashi raisi Balaj Xendrik hamda Vengriya elchisi Yojef Roja bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida TDT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari, shuningdek, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

TDT huzuridagi Qurg‘oqchilikning oldini olish instituti faoliyatiga, jumladan, suv resurslarini oqilona boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash sohalaridagi qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish