TIVda O‘zbekiston – Janubiy Koreya siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi
Iyun 15, 2026. 23:10 • 2 daq
• 56
TOSHKЕNT, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chun I Xe boshchilik qildi.
Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari hamda ko‘p qirrali hamkorlikning izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Muzokaralar markazida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari bo‘ldi.
Tomonlar savdo hajmini oshirish va transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib oldi.
Maslahatlashuvlar davomida oliy va yuqori darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqildi hamda yaqin istiqbolda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, turli darajalardagi bo‘lajak tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi