O‘zbekiston delegatsiyasi Dushanbeda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – SHHT yadrosi: tinchlik va taraqqiyot makoni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Iyun 14, 2026. 17:00 • 2 daq
• 135TOSHKЕNT, 14-iyun. /“Dunyo” AA/. Dushanbe shahrida “Markaziy Osiyo – Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) yadrosi: tinchlik va taraqqiyot makoni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, ekspert-tahlil doiralari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov boshchilik qildi.
Konferensiya davomida tomonlar Markaziy Osiyoning SHHTning geografik va strategik yadrosi sifatida tashkilot makonida barqaror taraqqiyot va barqarorlikni ta’minlashdagi muhim o‘rni, shuningdek, o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda SHHT faoliyatini takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

