TIVda O‘mon delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Oktabr 08, 2026. 21:00 • 46 soniya
• 163
TOSHKENT, 8-oktyabr./«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev bugun O‘mon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari shayx Holid al-Maslahiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, turli darajada rejalashtirilgan bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
«Dunyo» AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi