TIVda YEIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Oktabr 08, 2026. 20:15 • 55 soniya

• 133
TIVda YEIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 8-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov bugun Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat davomida oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarni sifatli tashkil etish va mazmunan boyitish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, mavjud hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.

«Dunyo» AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish