TIVda Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Sentabr 18, 2026. 21:30 • 44 soniya
• 133
TOSHKENT, 18-sentyabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Qozog‘iston elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi, shuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokidagi tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarini yana-da chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda ilgari surish va muntazam aloqalarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi