Berlindan munosabat: Biz O‘zbekistonning so‘nggi yillarda jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan kuzatmoqdamiz
Iyun 20, 2026. 12:00 • 2 daq
• 178
BЕRLIN, 20 iyun. /“Dunyo” AA/. Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi raisi Katrina Klaas-Myulxauzer Germaniya Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning iqtisodiy delegatsiya hamrohligida O‘zbekistonga tashrifi va poytaxtda o‘tkazilgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida “Dunyo” AAga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:
- Germaniya Federal prezidentining O‘zbekistonga tashrifidan juda mamnunligini izhor etdi. Federal Prezident xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish, anglashuv va muloqotga, shuningdek, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat berib kelmoqda.
Biz O‘zbekistonning so‘nggi yillarda jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgani, izchil amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlari va yuz berayotgan yirik ijobiy o‘zgarishlarni mamnuniyat bilan kuzatmoqdamiz. Bu jarayon nafaqat iqtisodiyotni rivojlanishiga xizmat qilmoqda, balki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi muloqot va hamkorlikni ham tobora mustahkamlamoqda.
Quvonarlisi, Germaniyada mintaqaning barcha davlatlari bilan turli darajalarda muntazam ravishda muloqot va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda. Joriy yilda Markaziy Osiyo davlatlarining Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilingan edi. Biz bunday muloqotni, ayniqsa bugungi murakkab geosiyosiy sharoitda, nihoyatda muhim deb bilamiz.
Fikrimcha, mazkur ikki muhim voqea O‘zbekiston - Germaniya munosabatlarida yangi amaliy bosqichni boshlab berib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni yanada kengaytirish uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi