Lyublyanadan munosabat: O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi tobora ortib bormoqda

Noyabr 03, 2026. 17:30 • 2 daq

• 197
Lyublyanadan munosabat: O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi tobora ortib bormoqda

LYUBLYANA, 3-noyabr. /“Dunyo” AA/. Sloveniya Prezidentining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi, Lyublyana universiteti professori Zlatko Shabich “Dunyo” AAga bergan intervyusida AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning 18–20-oktabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi haqida fikr bildirdi.

Professor Zlatko Shabich tashrif xususida to‘xtalar ekan, uni ulkan miqyosdagi voqea sifatida ta’rifladi. Samarqanddagi biznes tadbirlarida 100 ga yaqin Amerika kompaniyalari ishtirok etganini alohida e’tirof etdi. U bunday ko‘lamni hatto Sloveniya kabi kichik davlat misolida ham tasavvur qilish qiyinligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, Zlatko Shabich Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 21–22-may kunlari Sloveniyaga tashrifiga O‘zbekiston puxta tayyorgarlik ko‘rganini qayd etib, bu haqda hamon hamkasblari bilan fikr almashishini ta’kidladi.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, Sloveniya kichik davlat bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston tomoni tashrifga tayyorgarlik ko‘rishga katta e’tibor qaratgan. Professor ijobiy taassurotlar qoldirgan ushbu jarayonda ishtirok etgani o‘zi uchun sharaf ekanini alohida qayd etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish